29 apr 09:35
Yangiliklar

Nadal Istominni mag'lub etgan koreyalik tennischini to'xtatdi
Sovrin jamg'armasi 2 428 355 evroni tashkil qiluvchi musobaqada chorak final uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirning amaldagi g'olibi ispaniyalik Rafael Nadal koreyalik Xen CHenni 7:6(1), 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Hamyurtimiz Denis Istomin ushbu turnirning ilk davrasida aynan koreyalik tennischiga 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Dunyoning birinchi raqamli tennischisi britaniyalik Endi Marrey esa ispaniyalik Albert Ramos-Vinollasdan 2:6, 6:4, 7:6 (4) hisobida ustun keldi.
CHorak final natijalari:
Dominik Tim (Avstriya, 4) – Yuiti Sugita (Yaponiya) – 6:1, 6:2
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Albert Ramos-Vinollas (Ispaniya, 10) – 2:6, 6:4, 7:6 (4)
Rafael Nadal (Ispaniya, 3) – Xen CHen (Janubiy Koreya) – 7:6 (1), 6:2
Orasio Sebalos (Argentina) – Karen Xachanov (Rossiya) – 6:4, 6:1
Yarim final juftliklari:
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Dominik Tim (Avstriya, 4)
Rafael Nadal (Ispaniya, 3) – Orasio Sebalos (Argentina)
Fikrlar