24 jan 12:41
Yangiliklar
Tennis

Nadal jarohat sabab 3 haftaga safdan chiqdi
Dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal Avstraliya Ochiq chempionatining chorak finalida jarohat olgan va buning natijasida bahsni yakuniga etkaza olmagan edi.
Ispaniyalik tennischi kecha tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning bu jarohat sabab 3 hafta davomida kortga chiqa olmasligi oydinlashdi. Nadal Ispaniyaga qaytib boradi va Madridda muolajalarni davom ettiradi.
Xabarda aytilishicha, 31 yoshli Rafael Nadal 26 fevral kuni Meksikaning Akapulko shahrida start oladigan turnirda ishtirok etadi. SHundan so'ng Indiana-Uels va Mayamidagi "Masters" turnirlarida ham kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar