25 fev 07:43
Yangiliklar
Tennis
Nadal mavsumdagi ketma-ket 12-g'alabasini qo'lga kiritdi
Jahonning beshinchi raketkasi, ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadal Akapulkodagi turnirning ikkinchi davrasida g'alabaga erishdi.
Rafa ATR reytingida 130-o'rinni egallab turgan amerikalik Stefan Kozlovdan 6/0, 6/3 hisobida ustun keldi. Uchrashuv 1 soatu 17 daqiqa davom etdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan birinchi to'qnashuvi edi.
Mavsum boshidan buyon 35 yoshli Nadal 12-uchrashuvidagi 12-g'alabasini tantana qildi. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi ko'rsatkichi (oldingi shaxsiy rekord - 2014 yilda 11 g'alaba) hisoblanadi.
Endi Rafael Nadal Meksikadagi musobaqaning chorak finalida amerikalik boshqa bir tennischi Tommi Polga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar