24 iyu 08:50
Yangiliklar
Tennis
Nadal nima uchun tennis boshqa sport turlariga qaraganda qiyinroq ekanini aytdi
Ispaniyalik afsona Rafael Nadal tennis nima uchun boshqa sport turlariga qaraganda qiyinroq ekanligini tushuntirdi.
"Turnirlarda ishtirok etish uchun inson ruhan kuchli bo'lishi zarur. Hamma narsani o'rganish mumkin. Bolaligimdan Toni amakim bilan shu asosida mashg'ulot o'tkazganman. Yoshim o'tgani sayin bu ish to'xtamadi, aksincha raqobat sabab yanada qiziqarli bo'la boshladi.
Barcha sport turlari o'ziga yarasha qiyin, ayniqsa tennis. Sababi tennisda birga-bir kurash olib borasiz. O'zingizdan kuchliroq, yaxshi formada bo'lgan raqibga qarshi chiqasiz. Siz kortda o'zingiz bilan ham kurashasiz va bu sizga qimmatga tushishi mumkin", - deya Nadalning so'zlarini keltiradi Tennis World USA.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar