11 sen 09:35
Yangiliklar
Tennis

Nadal US Open turnirida 3 mln 700 ming dollar ishlab oldi
Xabar berganimizdek, AQSHning Nyu-York shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turniri yakunlandi.
Musobaqaning erkak tennischilar o'rtasidagi yakkalik bahslarida dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan Rafael Nadal Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonni 6:3, 6:3, 6:4 hisobida mag'lubetdi.
Ushbu g'alaba Nadalga 3
million 700 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg'armasi hamda 2000 reyting
ochkosini taqdim etdi. Bu bilan ispaniyalik tennischi reytingdagi peshqadamligini
mustahkamlab oldi.
Havola :
Fikrlar