27 mar 12:20
Yangiliklar
Tennis
Nadal virusga qarshi kurashda katta xayriyaga qo'l urmoqda
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal boshqa sportchilar singari koronavirusga qarshi kurashish uchun xayriyada ishtirok etmoqchi.
Ispaniyalik yulduz aynan shu kasallikka qarshi kurashish uchun jamg'arma tashkil qildi va barchani shu og'ir damda birdamlikka chaqirdi. Jamg'armadan tushgan barcha mablag' "Qizil yarim oy" jamiyatiga o'tkaziladi.
Malumot uchun, Rafael Nadal jamg'arma orqali 11 million dollar to'plash niyati borligini malum qildi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar