So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

27 jan 13:13
Yangiliklar

Engil atletika

Nadiya Dusanova revansh oldi

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati manejida engil atletika bo'yicha O'zbekiston Ochiq kubogi, shuningdek, 2000-2001 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Bahslarda nafaqat o'zbekistonlik, balki Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar ham ishtirok etishdi. Erkaklar o'rtasida 60 metrga to'siqlar osha yugurish bahslarida Ergash Normurodov 8.10 soniya natija bilan g'alaba qozondi va Sport ustasi meyorini bajardi.

Balandlikka sakrash bo'yicha ayollar o'rtasida g'oliblik uchun kurash Nadiya Dusanova va Safina Sadullaeva o'rtasida kechdi. Yodingizda bo'lsa, bir hafta oldin Ust-Kamenogorsk shahrida Olimpiada chempioni Olga Ripakova sovrini uchun o'tkazilgan turnirda Sadullaeva 192 sm natija bilan oltin medalga sazovor bo'lgandi. Bu safar esa Nadiya o'ziga xos revansh oldi va musobaqa g'olibi bo'ldi. Sportchilar 184 sm balandlikni zabt etishdi.

Ayollar o'rtasida 400 metrga yugurish bahslarida Tojikiston rekordchisi Kristina Pronjenko 57.39 soniya natija bilan g'olib bo'ldi. 200 metrga yugurish bellashuvlarida esa Komila Mirsolieva o'zining shaxsiy rekordini yangiladi (25.92 soniya) va g'alaba qozondi.

Erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bo'yicha Javohir Noriev (7.15 m) g'olib bo'ldi. Uchxatlab sakrashda esa Islam Sibagatullin (15.36 m) ga teng keladigan raqib topilmadi.

Beshkurash yo'nalishida ilk marotaba ishtirok etgan Anna SHimanis 3208 ochko bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Ayollar o'rtasida 60 metrga to'siqlar osha yugurish bahslarida 8.65 soniya natija ko'rsatgan Valentina Kibalnikova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing