08 fev 11:08
Yangiliklar
Nadiya Dusanovadan navbatdagi oltin medal!
Balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etadigan Nadiya kecha Brno shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda qatnashdi. Turnirda dunyoning CHexiya, Belarus, Ukraina, Lyuksemburg, O'zbekiston, Italiya, Polsha, CHernogoriya va Xorvatiya kabi mamlakatlardan kuchli sportchilar o'z omadlarini sinab ko'rdilar.
Quvonarlisi, ushbu turnirda Osiyoning uch karra chempioni hisoblangan o'zbekistonlik sportchi Nadiya Dusanova 192 sm balandlikka sakrab, turnirdagi eng yaxshi natijani ko'rsata oldi. Undan keyin o'rinlarni 190 sm natija ko'rsatgan chernogoriyalik Mariya Vukovich egalladi. Uchinchi o'rin esa 186 sm ga sakragan mezbonlar vakili Lada Peychalovaga nasib qildi.
Endi Nadiya ertaga Franciyada o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etadi.
Fikrlar