06 iyu 11:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/13877_220.jpg)
Namangan “Fyuchers”. Bugun Nigina, Sabina, Oqgul boshlashadi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslarida 8 nafar tennischimiz ishtirok etayotgandi. Ulardan ikki nafari mag'lubiyatga uchradi.
Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan tennischilarimiz - Yasmina Karimjonova hindistonlik Kaur Karman Tandiga 6:7(1), 2:6, Valentina SHleyn qozog'istonlik Kamila Kerimbaevaga 1:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun mamlakatimizning etakchi tennischilari Sabina SHaripova, Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova turnirdagi ishtiroklarini boshlashadi. Nigina Namangan turnirining birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi. Uning ilk davradagi raqibasi o'tgan hafta Andijonda bo'lib o'tgan turnir vice-chempioni rossiyalik Anastasiya Frolova bo'ladi.
Tennischilarimizning 1-davradagi raqibalari:
Sabina SHaripova (1) – Anastasiya Frolova (Rossiya)
Nigina Abduraimova (3) – Anastasiya Gasanova (Rossiya)
Oqgul Omonmurodova – Kseniya Likina (Rossiya, 4)
Polina Merenkova – Alina Silich (Rossiya)
Kamola Umarova – Go'zal Aynitdinova (Qozog'iston)
Arina Folc – Olga Puchkova (Rossiya)
Fikrlar