06 iyu 13:56
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/13890_220.jpg)
“Namangan Fyuchers”. Omonmurodovada ham mag'lubiyat
Namangan shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi musobaqada birinchi davra uchrashuvlari o'tkazilyapti. Afsuski tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova mag'lubiyatga uchradi.
Omonmurodova 1 soatu 2 daqiqa davom etgan uchrashuvda turnirning to'rtinchi raketkasi, rossiyalik Kseniya Likinaga 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroz avval birinchi raketka Sabina SHaripova ham birinchi davradayoq mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar