So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

25 mar 19:31
Yangiliklar

Velosport

Namanganda velotrek bo'yicha xalqaro turnir boshlandi

Teglar :  VelotrekNamangan
Namanganda velotrek bo'yicha “Silk Road Namangan” xalqaro musobaqasiga start berildi.

 2 aprelga qadar davom etadigan bahslarda hamyurtlarimizdan tashqari Buyuk Britaniya, Eron, Qozog'iston, Gonkong, Quvayt, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan 120 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaev ishtirok etib, bu kabi turnirlarning tashkil etilishi Respublikamiz bo'ylab sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirishda katta yordam berishi haqida alohida to'xtalishdi.

Musobaqa erkaklar va yollar o'rtasida yakkalik hamda jamoaviy dasturlarda o'tkaziladi. Unda yurtimiz sharafini Dmitriy Bocharov, Danil Evdokimov, Aleksey Fomovskiy, Edem Eminovlardan iborat erkaklar hamda Sofiya Karimova, Margarita Misyurina, Madina Qahhorova, Nafosat Qo'zievalardan tashkil topgan ayollar jamoalari, shuningdek, yana asosiy jamoaga zaxira sifatida tayyorlab kelinayotgan ko'plab yosh sportchilar himoya qilishadi.

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining malum qilishicha, ushbu turnirda g'olib bo'lgan sportchilar Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini qo'lga kiritishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing