So’nggi yangiliklar

19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0

04 okt 19:52
Yangiliklar

Engil atletika

Namanganda yoshlar o'rtasida eng kuchli atletlar aniqlandi

Namangan shahridagi “Barkamol avlod“ markaziy stadionida engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida 400 nafar sportchi ishtirok etdi.

Turli masofalarga yugurish bo'yicha o'tgan bellashuvlarda Timur Isroilov, Fahriddin Umidqulov, Mahmud Masumjonov, Ruhshod Mamurov, Diyorbek Ahmedov, Zarnigor Xolmatova, Zaynab Axzatqulova, Lobar Abduqayumova hamda Dilshoda Usmonova marraga birinchilardan bo'lib etib keldi.

110 va 300 metr masofaga to'siqlar osha yugurishda Sohib Karimjonov va Sergey Meshakov o'g'il bolalar o'rtasida, Elina Idrisova hamda Marjona Jo'raeva qizlar o'rtasida g'olib, deb topildi. SHuningdek, 5000 metrga sportcha yurishda Dalyor Isanov va Nilufar Usmonova barchani ortda qoldirdi.

Balandlik, uzunlik va uch hatlab sakrashda Amir Nogaev, Ruslan Andreev, Abror Rajabov, Alina Aripova, Nozima Mamurova eng yuqori marrani zabt etdi. Bosqon va yadro uloqtirishda O'g'iloy Norboeva, Sabina Solieva, Asad Murodov, Asliddin Rahmonberdievga teng keladigani topilmadi.

O'g'il bolalar o'rtasida o'tgan sakkizkurash bahslarida Samandar Mahmudov oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, qizlar o'rtasidagi ettikurashda O'g'iloy Norboeva mamlakat chempioniga aylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing