15 avg 10:46
Yangiliklar
O'q otish
Namanganlik merganlar mamlakat kubogi sohibi
O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi tasarrufidagi o'q otish tirida yoshlar o'rtasida pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha O'zbekiston kubogi final bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 10-18 yoshli 123 nafar o'g'il-qiz ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida eng ko'p ochko jamg'argan Namangan viloyati jamoasi mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Toshkent viloyati jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi, andijonlik merganlar uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar