So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

22 avg 20:14
Yangiliklar

Boshqalar

Namanganlik o'smirlar O'zbekiston chempionatida g'olib bo'lishdi

16-21 avgust kunlari basketbol bo'yicha 2007 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasida “Olimpiya umidlari” O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

CHempionatda jami sakkizta jamoa 2 guruhga bo'lingan xolada bahslarga kirishishdi.

Jamoalar guruhlarga quyidagicha taqsimlanishdi:

A gruhi

Namangan viloyati,

Qoraqalpog'iston,

Andijon viloyati ,

Toshkent shahar 2-BO'SM,

B gruhi

Samarqand viloyati,

Navoiy viloyati,

Toshkent shahar SO' va EAIBO'SM ,

Toshkent viloyati.

Jamoalar guruhda 3 tadan o'yin o'tkazgan holda eng yaxshi natija qayd etganlar yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Yarim finalda Toshkent shahar sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi (SO' va EAIBO'SM) jamoasi Qoraqalpog'iston o'smirlarini 36-22 hisobida mag'lubiyatga uchratib finalga yo'l oldi.

Ikkinchi yarim final bahsida esa namanganlik basketbolchilar 33-24 hisobida Samarqand viloyati jamoasini mag'lubiyatga uchratgan holda finalga chiqishdi.

Finalda esa Toshkent shahri hamda Namangan viloyatidan kelgan yosh sportchilar bahs olib borishdi. Murosasiz va qizg'in kechgan final o'yinida 35-31 hisobi bilan namanganliklarning qo'li baland keldi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan Samarqand hamda Qoraqalpog'iston jamoalari o'rtasidagi bahsda 17-15 hisobi bilan samarqandlik yoshlar uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

SHu tariqa Namangan viloyati jamoasi “Olimpiya umidlari” O'zbekiston chempionatida tengsiz deb topilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing