05 dek 18:41
Yangiliklar
Futbol

"Napoli" Anchelottini istefoga chiqarishga yaqin
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi hafta lavozimidan ozod etilishi mumkin.
60 yoshli mutaxassisning klubdagi holati yaxshi emas, chunki "Napoli"dagi mojarolar tobora kuchaytib bormoqda. Sababi neapolliklar so'nggi 8ta o'yindan beri g'alaba qozona olishmayapti.
Agar "Napoli" A Seriya doirasida "Udineze"ni mag'lub eta olmasa va ECHLda "Genk" bilan o'yinda ijoyib natijaga erisha olmasa, Anchelotti istefoga chiqariladi.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" A Seriyadagi 14 turdan so'ng 20 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar