20 apr 07:01
Yangiliklar
Futbol

"Napoli" Azmunga 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor
"Zenit" hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, neapolliklar 25 yoshli eronlikni jamoa forvardi Arkadiush Milikning o'rniga xarid qilishmoqchi. Milikka "Yuventus" qiziqib qolgan. "Napoli" Azmunga 5 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Oldinroq, hujumchiga "Atletiko", "Lester" va "Vest Xem" ham davogarlik qilayotgani xabar qilingandi. "Zenit" futbolchi uchun 35 million evro olmoqchi. Joriy mavsum Azmun "Zenit" tarkibida Rossiya chempionatida 21 ta o'yin o'tkazdi va 10 ta gol urib, 6 ta golli pas berdi.
Havola :
Fikrlar