30 mar 15:52
Yangiliklar
Futbol

"Napoli" Buffon bilan shartnoma imzolamoqchi
Tajribali italiyalik darvozabon Janluiji Buffon mavsum so'nggida klubini o'zgartirishi mumkin.
43 yoshli darvozabonni Turinning "Yuventus" jamoasidagi zaxira roli qoniqtirmayapti.
Janluiji o'ziga o'yin amaliyotiga beriladigan klub qidirmoqda. Buffonning xizmatlariga unga asosiy darvozabon rolini berishga tayyor bo'lgan "Napoli" klubi qiziqish bildirmoqda.
Darvozabon joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 5ta o'yinda maydnoga tushib, ulardan 3tasida "quruq" o'yin o'tkazdi. Futbolchining "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar