27 iyu 17:37
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/1933_220.jpg)
“Napoli” prezidenti: Iguain – sotqin!
“Napoli” klubi prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa hujumchisi Gonsalo Iguainning “Yuventus”ga o'tishiga o'z munosabatini bildirdi.
Aurelio jamoa to'purarini asosiy raqibga sotishni istamagandi. Lekin futbolchining o'zi “Yuventus” variantini tanladi. Bu esa “Napoli” prezidentiga yoqmagani tayin.
“Iguain o'z qarori bilan jamoamizdagi 3 yillik faoliyatini yuvib yubordi. Unga shunchaki sotqin maqomini bergan bo'lardim”, - dedi Aurelio.
Malumot uchun, Iguain “Napoli”dan “Yuventus”ga 90 mln evroga transfer qilingandi. Uning transferi Beyl va Ronalduning transferidan so'ng uchinchi eng qimmat transfer sifatida qayd etilgandi.
Havola :
Manba : Сorriere dello sport
Fikrlar