07 okt 11:31
Yangiliklar
Futbol

"Napoli" "Real"ga o'z xavbekini 45 million evroga sotmadi
Madridning "Real" klubi "Napoli" xavbeki Fabian Ruisni xarid qilishga urinib ko'rdi.
"Qaymoqranglilar" o'yinchi uchun 45 million evro taklif qildi, ammo italyan klubi ispaniyalik futbolchini sotishni xohlamagan.
Xabarlarga ko'ra, "Napoli" 24 yoshli o'yinchiga yangi shartnoma taklif qilgan. Unga ko'ra, yarim himoyachi yiliga 3 million evro maosh oladi. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 2 ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Fikrlar