So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

01 iyu 00:59
Yangiliklar

Futbol

"Nasaf" Aziz G'anievning transferini 1 million AQSH dollari deya baholadi

"Nasaf"ning istedodli yarim himoyachisi Aziz G'aniev jarohatidan so'ng yana o'zining sport formasini tiklab bormoqda.

G'aniev jarohati tufayli yarim yildan ko'proq safdan chiqqandi. Joriy mavsum boshlangach yana yashil maydonga qaytgan futbolchi o'zining avvalgi sport formasiga kirib bormoqda.

Endigina o'sib kelayotgan futbolchi jarohati tufayli malum vaqtni yo'qotdi va Osiyo Kubogiga borish imkoniyatini ham qo'ldan chiqargandi. O'tgan yili xorijning bir qator klublari va O'zbekistondan "Paxtakor" jamoasi jizzaxlik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Biroq o'tgan yilgi transfer bozorida "Nasaf" hamda "Paxtakor"ning o'zaro kelisha olishmagani, xorij jamoalaridan tushgan takliflar qarshiliklarni qoniqtirmagani tufayli Aziz Qarshida yana ushlanib qolgandi. Natijada keyinchalik jarohat olgan futbolchining "sovchi"lari eshikni malum vaqt "taqillatmay" qo'yishgandi. Lekin jarohatidan keyin ham avvalgi o'yinlari va jozibador zarbalari evaziga yana ko'pchilikning diqqatini tortayotgan futbolchi borasida qiziqish va takliflar qayta tiklanmoqda.

O'tgan yili "Paxtakor"ning 5 milliardga yaqin taklifiga rad javobini bergan "Nasaf"ga yana toshkentliklardan qiziqish vujudga kelgan. Yaqinda "Paxtakor" norasmiy, yani og'zaki taklif bilan "Nasaf"ga chiqqan. Hali rasmiy muzokaralarga kirishilgani yo'q. Lekin shunisi aniqki, "Nasaf" Aziz G'anievning transfer qiymatini 1 million AQSH dollari deya baholayotgan «Nasaf» rahbariyati hozirgi holatda 700-800 ming AQSH dollari va keyingi transfer operaciyadagi malum bonuslar evaziga sotishga rozi bo'lishlari mumkin. 

«Nasaf» ayni damda G'aniev bo'yicha mo'maygina taklif tushayotganda transfer masalasi borasida o'ylab ko'rishi mumkin. CHunki futbolchining amaldagi shartnomasi 2020 yil so'nggida tugaydi. Agarda klub hozirda tushayotgan takliflarni o'ylab ko'rmasa yoki futbolchini sotmasa, unda keyinchalik G'anievni erkin agent sifatida qo'ldan chiqarib qo'yish ehtimoli bor. Yoki mavsum yakuniga qadar qarshiliklar Aziz G'anievni ko'ndiradigan shartnoma taklif etib, o'rtadagi bitimni uzaytirishlari lozim bo'ladi. Bu futbolchini keyinchalik ham o'sishga erishsa yanada qimmatroqqa sotish imkoniyatini qoldiradi. Lekin hozirgi holatda (natija/moliya) Azizni qiziqtiradigan taklif bildirish «Nasaf» uchun og'irlik qilishi mumkin.

G'anievning xorijga ketish vaqti kelgan. Biroq kutilmagan jarohat va «Nasaf»ning OCHLsiz qolishi bu masalani yana cho'zib qo'ydi. Xorijga, yaxshi saviyadagi chempionat qiziqishiga uchrash uchun G'aniev kelasi yili qishda Tailandda bo'ladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida OTJ bilan Olimpiya yo'llanmasini qo'lga kiritishi va 2020 yili yozda Tokioda qayta porlashi talab etiladi.

P.S. Superligada yozgi transfer oynasi 9 iyul kuni rasman ochiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing