19 jan 07:30
Yangiliklar

“Nasaf” bu safar “Karpati”ni mag'lubiyatga uchratdi
O'zbekiston chempionatining bronza medal sovrindorlari Ukraina premer ligasi vakili Lvov shahrining “Karpati” jamoasiga qarshi bahs olib borishdi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida tajribali hujumchi Dragan CHeran hisobni ochdi. 50-daqiqada CHeran yana bir bor lvovliklar darvozasini ishg'ol qildi. Oradan ko'p vaqt o'tmay raqib futbolchilari hisobni qisqartirishdi.
O'yinning so'nggi daqiqalarida Dilshod Xushbakov juda chiroyli tarzda, uzoq masofadan “Karpati” darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuvdagi gollarga SHaxboz Erkinov, Farruh Sayfiev va Islom Kenjaboevlar asisentlik qilishdi.
SHunday qilib, “Nasaf” navbatdagi nazorat uchrashuvida “Karpati” klubini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. “Nasaf” Antaliyadagi so'nggi nazorat o'yinini 20 yanvar kuni Qozog'istonning “SHaxtyor” jamoasi bilan o'tkazadi.
Fikrlar