16 jan 09:35
Yangiliklar
![](/upload/storage/7768_220.jpg)
"Nasaf" bu safar Ruminiya klubini mag'lub etdi
Antaliyadagi bugungi uchinchi nazorat uchrashuvida “Nasaf” Ruminiyaning “Botoshani” klubi bilan kuch sinashdi.
Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda "Nasaf" 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Golni to'purar hujumchi Dragan CHeran kiritdi. Tezkor tashkil etilgan qarshi hujumda Doniyor Narzullaev to'pni Dragan CHeranga oshirib berdi. CHeran bu vaziyatda darvozani bexato nishonga oldi.
Bundan avvalgi nazorat uchrashuvlarida “Nasaf” Kipr va Ozarbayjon klublari ustidan ham shunday hisobda g'alaba qozongan edi.
Kechagi nazorat uchrashuvida quyidagi futbolchilar maydonda harakat qilishdi.
“Nasaf”: Eldorbek Suyunov, Igor Golban, Maqsud Karimov, Najmiddin Normurodov (Akmal SHorahmedov), Doniyor Narzullaev (G'olib G'aybullaev), SHarof Muhitdinov, Odil Hamrobekov (Azizjon G'aniev), Bahrom Abdurahimov (Bobir Abduxoliqov), Islom Rashidxonov (Islom Kenjaboev), Dilshod Xushbakov (Sirojiddin Qo'ziev), Dragan CHeran.
"Nasaf" navbatdagi nazorat uchrashuvini bugun Ozarbayjonning yana bir klubi “Sumgait” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar