14 may 07:29
Yangiliklar
Futbol

"Nasaf" bugun OFK Kubogidagi yurishini boshlaydi
Bugun OFK Kubogi "F" guruhida o'yinlar boshlanadi.
Musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Qarshining "Nasaf" jamoasi soat 17:00da Qirg'izistonning "Oloy" jamoasiga qarshi o'yinni boshlaydi.
Uchrashuv "UzReport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. O'yinga oid eng tezkor yangiliklarni championat.asia saytida tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, guruhdagi barcha o'yinlar Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkazilmoqda.
OFK Kubogi, "F" guruhi
"Nasaf" (O'zbekiston") - "Oloy" (Qirg'iziston)
Boshlanish vaqti: 17:00 (UzReport)
Stadion: "Respublika markaziy stadioni" (Dushanbe)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar