14 fev 07:21
Yangiliklar
Futbol

“Nasaf” joylashgan guruhning ikkinchi o'yinida Xavi jamoadoshlari irodali g'alabaga erishishdi
Qarshining “Nasaf” klubi joylashgan S guruhining ikkinchi uchrashuvida mehmon maqomida harakat qilgan jamoa g'alaba qozondi.
Unda BAAning "Al Vasl" klubi o'z maydonida Qatarning "Al Sadd" jamoasini qabul qildi. Garchi, uchrashuvdagi hisobni mezbonlar ochishgan bo'lsada, bu oqshom ularga g'alaba qozonish nasib etmadi.
O'yinning 79 va 90-daqiqalarida Bag'dod Bundeja tomonidan kiritilgan ikki gol Xavi jamoadoshlariga mehmonda qo'lga kiritilgan muhim va shu bilan birga irodali g'alabani taqdim etdi.
Gollarning biriga aynan Xavi hammualliflik qildi. Birinchi turdan so'ng "Nasaf" autsayder maqomida bo'lib turibdi. Endi "ajdarlar" 2-turni o'z maydonlarida "Al Vasl"ga qarshi o'tkazishadi. "Al Sadd" esa o'z uyida "Persepolis"ni qabul qiladi.
Havola :
Fikrlar