05 mar 20:50
Yangiliklar

"Nasaf" Osiyo chempionlar ligasidagi ikkinchi g'alabasiga erishdi
O'zbekistonning "Nasaf" jamoasi bugun Osiyo chempionlar ligasining uchinchi turi doirasida o'yin o'tkazdi.
Bahsda vakillarimizga Qatarning "Al Sadd" jamoasi raqib bo'ldi. Qizg'in kechgan bahsda Azizjon G'anievning 62-daqiqada kiritgan goli qarshiliklarga g'alaba keltirdi.
Ushbu g'alaba orqali "Nasaf" ochkolari sonini oltitaga etkazib oldi.
OCHL-2018
"S" guruhi, 3-tur
"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Sadd" (Qatar) 1:0
05.03.2018. "Markaziy" stadion
Gol: Azizjon G'aniev 62 penalti, - 1:0.
Hakamlar: Iida Jumpei (Yaponiya), Ochi SHinji (Yaponiya), Karakami Satoshi (Yaponiya), Alibek Sapaev (Turkmaniston)
"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 31.Saydullo Rahmatov - 7.Odiljon Hamrobekov, 6.Aziz G'aniev - 77.Jasur Hasanov (14.SHarof Muhitdinov, 87), 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 90), 20.Islom Kenjaboev (4.Maqsud Karimov, 79) - 10.Bobir Abdixoliqov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Sanjar Rashidov, 30.Xudoyorxon Sadullaev.
"Al Sadd": 1. Saad Alshii - 2.Pedro Korrea, 3.Yosir Isa (8.Ali Asad, 71), 12.Hamid Ismoil Halifa, 14.Abdulkarim Hassan, 37.Ahmed Suhail - 16.Bualem Kuxi (10.Hassan Al Haydos, 60), 20.Salim Ali Al Hajri, 96. Akram Afif, 5.Jugurta Hamron (17.Hasan Ahmad, 82), 11.Bag'dod Baunedjax.
Zaxira: 4.Sayyar, 7.Musaab Xidir, 22.Mishal Barsham, 99.Ali Fereydun.
Ogohlantirishlar: Ahmed (19), Rahmatov (21).
Fikrlar