So’nggi yangiliklar

01:49Арман Царукян Дэн Хукерга қарши! UFC Qatar турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 01:47Арман Царукяннинг Дэн Хукерга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 01:21Собиқ чемпион Билол Муҳаммаднинг Иан Гэрри Мачадога қарши жанги тўлиқ давом этди 0 00:25Қирғизистонлик Миқтибек Оралбай Қатарда нокаут орқали ғалаба қозонди (ВИДЕО) 0 23:43Тагир Уланбеков UFC'даги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 22:45Хабибнинг жамоадоши UFC'даги дебютида 41 яшар спортчига ютқазди 0 22:18Қозоғистонлик Асу Алмабаев Алекс Пересни бўғиб қўйди (ВИДЕО) 0 17:32Жаҳон кубоги. Финал чиптаси учун кечаётган ўзбек дербисининг иккинчи партияси ўтказилди 0 17:11Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга имкониятни бой берди 0 16:50Павел Дуров Хабибнинг машҳур папахалари кимошди савдосига қўйилишини маълум қилди 0 16:29Ўзбекистонлик ёш шахматчи Осиё чемпиони бўлди 0 16:08Пётр Ян реванш мақомидаги чемпионлик жанги учун АҚШга йўл олди + ФОТО 0 15:47"Лига кучайиб қолмади": Ла Лига президенти Саудия Арабистони чемпионатини танқид қилди 0 15:26"Ҳумо" Бишкек клубини 16:1 ҳисобида мағлуб этди 0 15:05Дэн Хукер Арман Царукян жароҳат олганини айтмоқда + ФОТО 0

11 avg 23:01
Yangiliklar

Futbol

"Nasaf" o'z uyida 60ta o'yindan so'ng yana yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Qarshining "Nasaf" jamoasi O'zbekiston Superligasining 21-turini o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazib, yirik 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi.

Aytish mumkinki, bu "Nasaf" uchun umuman kutilmagan mag'lubiyat bo'ldi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, "Nasaf" so'nggi bor 2014 yilning 15-turida o'z maydonida yirik hisobda mag'lub bo'lgan ekan. O'shanda Toshkentning boshqa bir klubi "Lokomotiv" Qarshida mezbonlar ustidan 5:2 hisobida zafar quchgandi.

SHundan so'ng "Nasaf" o'z maydonida beshta o'yin o'tkazib, to'rt bor g'alaba qozongan va bir marta durang qayd etgan. Jamoa 2015 yil o'z maydonida 15ta o'yin o'tkazib, ikkita o'yinda yutqazib qo'ygan: "Paxtakor" (0:1) va "Metallurg" (0:1). 2016 yil esa "ajdarlar" o'z uylarida bitta uchrashuvda mag'lub bo'lishgan: "Lokomotiv" (1:2). O'tgan yil ham jamoa faqat bitta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi: "Bunyodkor" (0:1). Demak, 2:5 hisobidan keyin "Nasaf" oliy ligada 50ta o'yin o'tkazishga ulgurgandi.  

Bu mavsum hisobidan bugungi o'yin "Nasaf"ning o'z maydonidagi 11-bahsi bo'ldi. Bungacha o'tkazilgan 10ta bellashuvning uchtasida "Nasaf" yutqazib qo'ydi: "So'g'diyona" (1:2), "Paxtakor" (2:3) va AGMK (0:2). Bugungi o'yindan keyin uydagi mag'lubiyatlar soni to'rttaga etdi va shunday qilib Qarshidagi 60ta uchrashuvdan so'ng "Nasaf" yana yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing