30 sen 20:10
Yangiliklar

“Nasaf” o'z uyida “Metallurg”ni yirik hisobda mag'lub etdi
Qarshidagi o'yining 4-daqiqasida chap qanotdan Bahrom Abdurahimov uzatib bergan to'pni Dragan CHeran boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, o'yinda hisobni ochdi - 1:0.
9-daqiqada Saydulla Rahmatovning chap qanotdan jarima maydonchasiga havolatib uzatib bergan to'pini CHeran o'tkir burchak ostida darvozaga yo'lladi - 2:0.
68-daqiqada Doniyor Narzullaevning ajoyib “reyd”idan keyin Hikmat Hoshimov kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etdi -3:0. Uchrashuv mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.
O'zPFL, 24-tur. 30.09.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod) 3:0
“Markaziy” stadion. 4116 tomoshabin
Hakamlar: Vladislav Ceytlin (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent), Igor Gormashev (Toshkent)
Gollar: Dragan CHeran, 4 - 1:0, Dragan CHeran, 9 - 2:0, Hikmat Hoshimov, 68 avtogol - 3:0.
“Nasaf”: Eldorbek Suyunov, Maqsud Karimov, SHuhrat Muhammadiev, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, SHerzod Azamov, Ognen Krasich (Dilshod Xushbakov, 84), Fozil Musaev, Saydullo Rahmatov, Doniyor Narzullaev, Dragan CHeran (Azamat Allaniyozov, 76).
“Metallurg”: Zafar Safoev, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Ayubxon Numonov (Farhod Namozov, 70), Farruh SHotursunov (Muhammadodil Qahramonov, 73), Davronbek Karimqulov, Murodjon Toshmatov, SHerzod Jalilov, Jahongir Abdumo'minov, Saidjon Abdujabborov.
Fikrlar