So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

02 fev 19:34
Yangiliklar

Futbol

"Nasaf" sobiq futbolchisini ortga qaytardi

Teglar :  NasafOCHLOlmaliq
Qarshining "Nasaf" jamoasi ertadan boshlab o'z qarorgohida OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Persepolis"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi.

Jamoa tarkibida o'zgarishlar mavjud. Malumotlarga ko'ra, bugun "ajdarlar" yaqindagina "Nasaf" bilan xayrlashgan Saydullo Rahmatovni yana ortga qaytardi. Orada AGMK bilan Turkiyada yig'in o'tkazib qaytgan chap qanot himoyachisi bugun qarshiliklar bilan shartnoma imzolagan.

Ro'ziqul Berdiev chap qanot himoyasi yuzaga kelgan muammoni sobiq futbolchisi bilan yopishga urinib ko'radigan bo'ldi. SHuningdek, jamoa selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi "Al Faysali"ga qarshi o'yindan keyin uchta chiziq bo'yicha futbolchi kerakligini takidlagandi.

CHap qanot himoyasidan tashqari "Nasaf"ga yana markaziy yarim himoyachi hamda hujumchi zarur. Tez orada bu chiziqlar bo'yicha ham yangi futbolchilar paydo bo'lib qolish ehtimoli mavjud.


"Nasaf" jamoasi "Persepolis"ga qarshi o'yinga taraddud ko'rish doirasida 6-7 fevral kunlari Qarshida "SHo'rtan" hamda "Dinamo" jamoalari bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishi ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, 13 fevral kuni "Nasaf" jamoasi OCHL guruh bosqichi doirasida "Persepolis"ga qarshi Eronda bahs yuritadi. Qarshiliklar 11 fevral kuni erta tongda Toshkentdan Eronga Turkiya orqali yo'l olishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
02 fev 20:27:23
ibrat
Nasafga omad, butun O'zbekiston sizlar bilan. Ko'proq Nasafga e'tibor berilsa edi, ular natija ko'rsatardi manimcha.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing