04 may 21:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/12003_220.jpg)
"Navbahor" o'z maydonida "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi
Namangandagi uchrashuvning 16-daqiqasida burchak to'pidan so'ng "temiryo'lchilar" jarima maydonidagi palapartishlikdan Dilshod Jabborov unumli foydalandi va hisobni ochdi - 1:0.
24-daqiqada Bikmaevning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Sardor Mirzaev boshi bilan "Navbahor" darvozasiga joylab qo'ydi. 42-daqiqada Marat Bikmaev "Loko"ni oldinga olib chiqdi - 1:2. Ikkinchi taym boshida Azizbek Turg'unboev gol urib hisobni yana tenglashtirdi - 2:2.
Navbahor (Namangan) – Lokomotiv (Toshkent) 2:2
Gollar: Dilshod Jabborov 16, - 1:0. Sardor Mirzaev 24, - 1:1. Marat Bikmaev 42, - 1:2. Azizbek Turg'unboev 47, - 2:2.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Fikrlar