13 noy 12:25
Yangiliklar
Futbol
Navbatdagi sovrinni qo'lga kiritgan Ronaldu bunga o'z fikrini bildirdi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federaciyasidan Quinas de Platina sovrinini qabul qilib olgach, ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu sovrinni qo'lga kiritganimdan faxrlanaman. Bu yakun emas, aksincha, boshlanishi. Bunga erishish uchun ko'p narsa qurbon qilindi, ko'p ishladim. Qachonlardir milliy jamoada birinchi o'yinimni o'tkazishni orzu qilardim, keyin esa 25, 50-o'yinlar, keyinchalik uch xonali sonlar zabt etildi. So'ngra 150, 200-o'yinlar haqida o'ylay boshladim.
Ko'plab klublarda o'ynab, qator sovrinlarga ega chiqdim. Ammo milliy terma jamoa sharafini himoya qilishdan, o'z mamlakatim shani, madaniyatim va bolalarim uchun to'p surishdan-da yaxshirog'i yo'q", - dedi Ronaldu.
Havola :
Fikrlar