19 fev 07:06
Yangiliklar
Boshqalar
Navoiyda kuchli armrestlingchilar aniqlandi
Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sport zalida armrestling bo'yicha 1998-2000 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Musobaqada Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Surxondaryo, Xorazm, Farg'ona, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 300 nafar o'g'il-qiz ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 80 nafari qizlar ekanini alohida takidlab o'tish mumkin.
Murosasiz kurashlarga boy kechgan chempionat yakunlariga ko'ra, umumjamoa hisobida 1-o'rinni Samarqand, 2-o'rinni Navoiy va 3-o'rinni Toshkent viloyati jamoalari egallashdi.
G'olib va sovrindorlarga Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat armrestling federaciyasi tomonidan diplomlar, esdalik sovg'alari topshirildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar