So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

16 fev 12:42
Yangiliklar

Boshqalar

Navoiyda “Save Aral” marafoni o'tkazildi

Teglar :  Save Aral
“Yangi nafas” dasturi doirasidagi “Save Aral” marafoni yakunlandi.

“O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlarni to'g'risida”gi Prezident farmoni ijrosini taminlash maqsadida respublikamiz bo'ylab sport tadbirlari va musobaqalar muntazam o'tkazib kelinmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatida ham aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish bo'yicha ko'plab ishlar olib borilmoqda. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston engil atletika va triatlon federaciyalari hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida o'tkazilgan “Yangi nafas” dasturi doirasidagi “Save Aral” marafoni ham shular jumlasidan. 

Marafon Navoiy shahridagi “O'zbekiston“ kinoteatri binosi yonidan start olib, ishtirokchilar uch kilometrlik masofani bosib o'tdilar. Ommaviy marafonda davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari hamda xodimlari, aholining turli qatlamlari, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan besh ming nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. 

Malumot uchun: ushbu loyiha Prezident farmoni ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan bo'lib, “Save Aral” marafoniga Andijonda start berilgan edi. Mamlakatimizning 19 shahrida o'tkaziladigan marafonga Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq shahrida yakun yasaladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing