08 may 11:49
Yangiliklar
Boshqalar
Navoiyda “Sport oyligi“ doirasida badminton musobaqasi o'tkazildi
Navoiyda “Sport oyligi“ hamda 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab “Yoshlar sport majmuasi”da badminton sport turi bo'yicha sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi ochiq birinchiligi musobaqasi o'tkazildi.
Ushbu musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy shahar 1-bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda Navoiy shahar sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoalari qatnashishdi.
Bahslarda jami 60 nafar sportchi-o'quvchilar (32 nafari qizlar) ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi 1-o'rinni, Navoiy davlat pedagogika instituti 2-o'rinni va 3-o'rinni Navoiy shahar 1-bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoalari egallashdi.
Musobaqa g'oliblariga tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar