18 sen 20:04
Yangiliklar

Navoiyda sport talim muassasalari xodimlarining “Rahbar kubogi” musobaqasi o'tkazildi
Dastlab, musobaqada ikkita yarim final uchrashuvlari o'tkazilib, unda Navoiy OZK - Xatirchi tumani BO'SM hamda Navoiy shahar 1-BO'SM - Navbahor BO'SM jamoalari bellashishdi. Final bosqichiga Navoiy shahar 1-BO'SM va Xatirchi tumani BO'SM jamoalari yo'l olishdi.
Final uchrashuvi qizg'in va murosasiz o'tib, 2:0 hisobida Navoiy shahar 1-BO'SM xodimlaridan tashkil topgan jamoaning qo'li baland keldi. Musobaqada 3-o'rinni Navbahor tumani BO'SM jamoasi egalladi.
1. Navoiy shahar 1-BO'SM
2. Xatirchi tumani BO'SM
3. Navbahor tumani BO'SM.
Musobaqaning final bahsi yakunlangach musobaqa tashkilotchilari tomonidan g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Musobaqaning g'olib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, medal va diplomlari bilan taqdirlanishdi.
Fikrlar