So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

21 mar 12:49
Yangiliklar

Tennis

Navro'z kuni tug'ilgan va ilk WTA sovrinini Toshkentda qo'lga kiritgan Karolina xonim! FOTOMAQOLA

Bugun, 21 mart sanasida chexiyalik tennis malikasi Karolina Plishkovaning tug'ilgan kuni.

Karolina Plishkova - 1992 yilda CHexiyaning Louni shahrida dunyoga kelgan. Plishkova to'rt yoshidan tennis bilan shug'ullanib keladi. Professional faoliyatini 2009 yilda boshlagan. 

Faoliyati davomida 19ta WTA turnirlarining yakkalik bahslarida chempion bo'lgan. Muvaffaqiyatli ishtiroki evaziga 15,506,047 $ mablag'ga ega bo'lgan. 

"Katta Dubulg'a" musobaqalardagi eng yaxshi natijasiga 2016 yilgi US Openda erishgan. O'shanda u finalga qadar etib borgan va Anjelik Kerberga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

2017 yilning 14 avgustida WTA reytingida birinchi o'ringa ko'tarilgan va olti hafta davomida etakchilik qilgan. Hozirda chexiyalik tennis malikasi WTA reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi.

Etiborga molik jihati shundaki, chexiyalik tennischi ilk WTA sovrinini Toshkentda qo'lga kiritdi. Plishkova 2016 yilgi "Tashkent Open" turnirida bosh mukofot sohibasiga aylangandi. U bir soatu 46 daqiqa davom etgan final uchrashuvida yaponiyalik Nao Xibinoni 6:3, 2:6, 6:3 hisobida mag'lub etgan edi. 

Tennischi bo'sh vaqtlarida baliq ovini, kino ko'rishni, kitob o'qishni va musiqa eshitishni yaxshi ko'radi. 

SHuningdek, Karolinaning egizak singlisi ham bor. U ham professional tennischi. Kristina Plishkova hozirda WTA reytingida 92-o'rinda bormoqda.

Qo'shaloq bayram muborak, Karolina xonim!


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing