04 avg 16:12
Yangiliklar
Tennis

NBU Cup. Qizlar musobaqasida ham birgina tennischimiz qoldi
Xabar berganimizdek, poytaxtimizda tennis bo'yicha o'smirlar va qizlar o'rtasida NBU Cup turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Qizlar o'rtasidagi musobaqaning chorak finaliga birgina tennischimiz yo'llanma oldi. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz Kamola Umarova rossiyalik SHahzoda Asimovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:0, 6:0.
Ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqqan qolgan ikki tennischimiz esa mag'lubiyatga uchradi. Elina SHaripova turnirning to'rtinchi raketkasi rossiyalik Taysiya Pachkalevaga 0:6, 1:6, Laylo Bahodirova esa beshinchi raqam ostida harakat qilayotgan rossiyalik Valeriya Deminovaga 0:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar