03 avg 17:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2243_220.jpg)
NBU Cup turnirida uch nafar tennischimiz ikkinchi davraga chiqdi
Poytaxtimizda tennis bo'yicha o'smirlar va qizlar o'rtasida NBU Cup turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Qizlar o'rtasidagi musobaqaning ikkinchi davrasiga uch nafar hamyurtimiz yo'llanma oldi. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz Kamola Umarova dugonasi Zarnigor Dostonovadan 6:0, 6:1 hisobida ustun keldi. Uning ikkinchi davradagi raqibasi rossiyalik SHahzoda Asimova bo'ladi.
Yana bir tennischimiz Elina SHaripova qozog'istonlik Ekaterina Dmitrichenkoni 7:5, 7:6(11) hisobida mag'lub etdi. Endi u ikkinchi bosqichda turnirning to'rtinchi raketkasi rossiyalik Taysiya Pachkalevaga qarshi kortga chiqadi. Hamyurtlarimizdan Laylo Bahodirova ilk davrada Alina Gazizovani 7:5, 6:1 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar