04 iyu 18:13
Yangiliklar
"Neftchi" uchun jiddiy yo'qotish. Klub futbolchisi bugun Malayziyaga yo'l oladi
Yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov ikkinchi davradan boshlab Malayziyaning "Terengganu" jamoasida to'p tepadi. Nurillo bugun kechki payt Malayziyaga uchib ketadi. Mamlakat Superligasida ishtirok etadigan mazkur klub safida yana bir o'zbekistonlik futbolchi Sardor Qulmatov ham to'p tepmoqda. Ulardan tashqari Baxrayn, Xorvatiya, Gana, Filippin mamlakatidan kelgan legionerlar ham tarkibdan o'rin olgan.
Malumot uchun, Nurillo To'xtasinov birinchi davrada "Neftchi" safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqib darvozasiga 3 bor yo'l topdi va 2 ta assist qayd etdi. U 2023 yilgi qishki transferlar vaqtida "Navbahor"dan "Neftchi"ga ko'chib o'tgan edi.
Transfermarket portali futbolchini 800 ming evroga baholagan.
Fikrlar