So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

29 dek 13:24
Yangiliklar

SHaxmat

Nepomnyashiydan Karlsengacha: Abdusattorov chempionlik yo'lida kimlarni mag'lub qildi?

Teglar :  KarlsenAbdusattorov
17 yoshli o'zbek o'g'loni Nodirbek Abdusattorov (2593) Polshada yakuniga etib borayotgan rapid&blic jahon chempionatida rapid yo'nalishida g'alaba qozonib, jahon nashrlarining diqqat-markazida bo'ldi.

Bugun erta tongdan uning surati bosh sahifalarni bezab turibdi. Nodirbek chempionlik yo'lida 13 turda 7 ta g'alaba, 5 ta durang va 1 ta mag'lubiyat bilan 9.5 ochko jamg'ardi. Umumiy hisob rossiyalik Yan Nepomnyashiy hamda Abdusattorovning bir xil ko'rsatkichlari bilan yakunlangach g'olib jamoani aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilindi. Unda hamyurtimiz ajoyib kombinaciya bilan raqibini mot qilishga muvaffaq bo'ldi. Keling, Abdusattrovning jahon chempionatida kimlarga qarshi qanday natija qayd etganini eslab o'tamiz:


1-tur: Nodirbek Abdusattorov – Viktor Mixalevski (Isroil, 2366) 1:0

2-tur: Nodirbek Abdusattorov – Gleb Dudin (Rossiya, 2247) 1:0

3-tur: Nodirbek Abdusattorov – Fabiano Karauna (AQSH, 2770) 1:0

4-tur: Nodirbek Abdusattorov – Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2798) 0.5:0.5

5-tur: Nodirbek Abdusattorov – Aleksandr Grishuk (Rossiya, 2763) 0.5:0.5

6-tur: Nodirbek Abdusattorov – Anton Korobov (Ukraina, 2689) 0:1

7-tur: Nodirbek Abdusattorov – Levon Aronyan (AQSH, 2728) 1:0

8-tur: Nodirbek Abdusattorov – Radoslav Voytashek (Polsha, 2743) 1:0

9-tur: Nodirbek Abdusattorov – Boris Gelfand (Isroil, 2648) 1:0

10-tur: Nodirbek Abdusattorov – Magnus Karlsen (Norvegiya, 2842) 1:0

11-tur: Nodirbek Abdusattorov – Vladimir Fedoseev (Rossiya, 2692) 0.5:0.5

12-tur: Nodirbek Abdusattorov – Gukesh (Hindiston, 2050) 0.5:0.5

13-tur: Nodirbek Abdusattorov – Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2801) 0.5:0.5

Tay-breyk: Nodirbek Abdusattorov – Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2798) 1.5:0.5

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqa doirasida Jahongir Vohidov (2566), SHamsiddin Vohidov (2546), Javohir Sindarov (2353) kabi shaxmatchilarimiz ham ishtirok etishdi. Yakunda Jahongir Vohidov 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra rapid musobaqasini 71, Javohir Sindarov 6,5 ochko bilan 93, SHamsiddin Vohidov esa 6,5 ochko jamg'argan holda 150 shaxmatchi orasida 103-o'rin bilan yakunladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing