08 fev 07:11
Yangiliklar
Futbol

Nesterovning "Ohod"i yirik hisobda g'alaba qozondi
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 19-turidan o'rin olgan "Ohod" - "Al Faysali" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Ignatiy Nesterov harakat qilayotgan "Ohod" yirik 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Bahsning 20-daqiqasida mehmonlarning braziliyalik futbolchisi Luizino vatandoshimiz qo'riqlayotgan darvozaga penaltini aniq tepa olmadi.
Ignatiy Nesterov uchrashuvda to'liq harakat qildi. "Ohod" ketma-ket ikki o'yinda, aniqrog'i Ignatiy harakat qilgan bahslarda g'alabalarga erishdi.
"Uhud" - "Al Faysali" 4:1
Gollar: Mahmud Atiyax (2), Sager Otayf (45), Ahmad Goma (47), Adolf Teikeu (76) - Hamdan al-SHamroni (45+5)
Havola :
Fikrlar