15 fev 08:04
Yangiliklar
Futbol

Nesterovsiz "Ohod" yirik hisobda mag'lub bo'ldi
"Ohod" klubi Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turi doirasida "Al Taavon" jamoasi maydoniga safar uyushtirdi.
Hamyurtimiz Ignatiy Nesterov kechagi o'yinda maydonga tushmadi va xatto uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmagan. "Ohod" bahsda raqibiga yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, oldingi ikki turda Ignatiy Nesterov maydonga tushgan va "Ohod" g'alabaga erishgandi.
"Al Taavon" - "Ohod" 4:0
Gollar: Abdulfattoh Adam (14, 30, 55), Tavamba Kana (86-pen)
Havola :
Fikrlar