27 noy 17:40
Yangiliklar
Futbol
Neymar 200 million evro evaziga PSJni tark etadi
PSJ hujumchisi Neymar joriy mavsum oxirida malum bir shartlar evaziga klubni tark etish borasida kelishib oldi.
Malumotlarga ko'ra, parijliklar 26 yoshli forvardni 200 mln evro evaziga qo'yib yubormoqchi.
Braziliyalikning sobiq klubi "Barselona" uning qaytishi borasida muzokaralar o'tkazmoqda.
"Barselona" vakili sifatida muzokaralarda ishtirok etayotgan agent Andre Kyuri Londonda futbolchining otasi bilan uchrashdi.
Oldinroq, "Barselona" Neymarni qaytarish uchun Dembeledan voz kechishi mumkinligi elon qilingan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar