16 dek 13:01
Yangiliklar
Futbol
Neymar 2017 yildan beri ilk bor penaltidan gol ura olmadi
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar Franciya chempionati doirasidagi "Sent-Eten"ga qarshi o'yinda penaltidan foydala olmadi.
O'yinning 62-daqiqasida Neymar 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi. Hisob o'sha paytda parijliklar foydasiga (2:0) edi.
27 yoshli futbolchi so'nggi bor 2017 yilning noyabr oyida penaltidan gol ura olmagan. O'shanda Braziliya terma jamoasi safida Neymarning zarbasini Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Eyji Kavashima qaytargan edi. U shundan so'ng 13ta penaltini aniq ijro etgan.
Eslatib o'tamiz, "Sent-Eten" va PSJ jamoalari o'rtasidagi o'yin 0:4 hisobida yakunlandi.
Havola :
Fikrlar