06 dek 08:35
Yangiliklar
Futbol
Neymar “Barselona”ga 2ta o'yinda yordam bera olmaydi
“Barselona” hujumchisi Neymar jamoasining yaqin ikki o'yinida maydonga tusha olmaydi.
Bunga braziliyalik futbolchining jarohati sabab bo'lmoqda. Neymar “Real”ga qarshi kechgan o'yinda oyoq paylarini cho'zib olgandi. SHu sababli hujumchi kechagi mashg'ulotda ishtirok etmagan.
SHu tariqa, Neymar bugun Evropa chempionlar ligasi doirasidagi Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi bilan bo'lib o'tadigan guruhning so'nggi o'yini hamda Ispaniya chempionati 15-turidan o'rin olgan “Osasuna”ga qarshi kechadigan uchrashuvlarida maydonga tushmaydi.
Lekin jarohat bo'lmagan taqdirda ham braziliyalik forvard jamoasining yaqin uchrashuvini o'tkazib yuborar edi. Boisi, uning sariq kartochkalari soni 4taga etgandi.
Havola :
Fikrlar