15 mar 10:51
Yangiliklar
Futbol

Neymar Braziliyaning mart oyidagi o'yinlarida yordam bera olmaydi. Uning o'rniga "Real" futbolchisi chaqirildi
Braziliya futbol federaciyasi (CBF) matbuot xizmati 33 yoshli hujumchi Neymar tibbiy sabablarga ko'ra terma jamoaning bo'lajak o'yinlarida ishtirok eta olmasligini malum qildi.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior 33 yoshli futbolchini JCH-2026 saralashida Kolumbiya (21 mart) va Argentina (26 mart) bilan o'yinga chaqirgandi.
Qayd etilishicha, bunday qarorga Braziliya terma jamoasi tibbiy shtabi kelgan. Bundan tashqari, CBF xabariga ko'ra, "Manchester Siti" darvozaboni Ederson ham jarohat sababli mart oyidagi o'yinlarda ishtirok etmaydi. Neymarning o'rniga Braziliya terma jamoasiga "Real" hujumchisi Endrik chaqirildi.
Havola :
Fikrlar