19 okt 16:16
Yangiliklar
Futbol
Neymar: "Bu juda og'ir, eng alamli vaziyat"
"Al Hilol" va Braziliya termasi hujumchisi Neymar JCH-2026 saralashi doirasida Urugvayga qarshi o'yindagi jarohatidan keyin intervyu berdi.
Futbolchining xochsimon bo'g'imlari shikastlangan va ichki bo'g'imlar uzilishi aniqlangan. Forvard jarrohlik stoliga yotishi va uzoq muddat tiklanish muolajalarini boshdan o'tkazishga majbur bo'ladi. Neymar taxminan 9 oyni maydon tashqarisida o'tkazishga majbur bo'ladi.
"Bu juda qayg'uli, eng og'ir damlar. Men ancha kuchliman, biroq bu safar oilam, do'stalrim yordamiga har qachongidan ko'proq muhtojman. Jarohatlar va operaciyalardan o'tish osonmas, tasavvur qiling, to'rt oylik tiklanish jarayonidan sal o'tib, yana barchasi qaytadan yuz bersa. Umid qilamanki, yaratgan menga yordam beradi. Barchangizning mehringiz va qo'llab-quvvatlashingizdan minnatdorman".
Havola :
Fikrlar