14 iyu 11:43
Yangiliklar
Futbol

Neymar Ispaniyaga qaytadimi? Braziliyalik yulduz yakuniy qarorga keldi
PSJ forvardi Neymar yaqin kunlarda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun parijliklar safiga borib qo'shiladi.
“Franciyaga jamoa bilan mashg'ulot o'tkazish uchun qaytyapman. 100 foiz etiborimni yangi mavsum uchun qaratganman”, - deya Neymarning so'zlarini keltiradi Globo Esporte nashri.
Avvalroq, Neymar PSJga klub sport direktori Leonardo bilan “Barselona”ga o'tishi mumkinligi borasida uchrashuv o'tkazishi uchun qaytishi haqida malumot berilgandi.
Malumot uchun, o'tgan mavsum juda ham yorqin porlay olmagan PSJning 10-raqam sohibi 28 uchrashuvda 23 ta gol urdi va 13 ta assist muallifiga aylandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar