03 dek 12:57
Yangiliklar
Futbol

Neymar Messi bilan birga o'ynashni xohlashini aytdi
PSJ forvardi Neymar argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan yana bir jamoada o'ynashni xohlaydi.
"Men yana Messi bilan birga o'ynashni juda ham xohlayman. Men u bilan bitta jamoada o'ynab o'yindan zavq olishni xohlayman. Keyingi mavsumda buni qilish amalga oshishiga aminman", - deydi 28 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Neymar PSJga "Barselona"dan 2017 yilning yozida o'tgan edi. Braziliyalik futbolchining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 6 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar