17 sen 11:31
Yangiliklar
Futbol

Neymar nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingani malum, eng katta jazoni Kurzava oldi
Franciya Liga 1 tartib-intizom qo'mitasi PSJ - "Marsel" uchrashuvidagi janjalli vaziyatni o'rganib chiqib, futbolchilarga nisbatan jazo belgiladi.
PSJ hujumchisi Neymar hamda yarim himoyachi Leandro Paredes 2 tadan o'yinga chetlatildi. Parijliklar himoyachisi Leven Kurzava eng ko'p - 6 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi. "Marsel"dan Jordan Amavi 3, Dario Benedetto 1 ta o'yinni o'tkazib yuboradi. Liga 1 shuningdek, Neymarga qarata aytilgan irqchilik so'zlari uchun ham ish ochdi.
Eslatib o'tamiz, parijliklarning mag'lubiyati bilan yakunlangan PSJ - "Marsel" o'yini so'nggida Neymar Alvaro Gonsalesga mushti bilan zarba bergan va haqli ravishda qizil kartochkaga loyiq ko'rilgandi. SHundan so'ng futbolchilar o'rtasida ommaviy "to'polon" boshlanib ketgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar