02 avg 12:19
Yangiliklar
Futbol
Neymar PSJ bilan birga Xitoyga yo'l oldi
PSJ "Monako"ga qarshi Franciya Superkubogi bahsini o'tkazish uchun Xitoyning SHenjen shahriga etib bordi.
JCH-2018dan so'ng tatilda bo'lgan braziliyalik hujumchi Neymar klub safiga qaytdi.
Neymar PSJ safidagi o'zining so'nggi uchrashuvini fevralda o'tkazgan edi. Forvard "Marsel"ga qarshi Franciya chempionati o'yinida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Superkubok uchun bahsda PSJ hujumchisi Edinson Kavani jarohat tufayli ishtirok eta olmaydi. "Monako" qaydnomasiga forvard Radamel Falkao va CSKAdan xarid qilingan Aleksandr Golovin kiritilmadi.
Klub matbuot xizmati Neymarning video murojaatini joyladi va "Kim SHenjenda ekanligiga qarang" deb yozdi.
PSJ - "Monako" uchrashuvi 4 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar